Toshkent ko‘chalari bo‘ylab ikkinchi jahon urushi harbiy texnikalari aylandi
Mudofaa vazirligi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi tomonidan Ikkinchi jahon urushi yillaridagi harbiy texnikalarda o‘sha yillarning harbiy kiyimini kiygan harbiy orkestr va ansambl ijodkorlarining Toshkent ko‘chalari bo‘ylab harakatlanishi va kuy-qo‘shiqlarni ijro etishidan iborat aksiya o‘tkazildi. Mudofaa vazirligi matbuot xizmati KUN.UZ'ga shu haqida xabar berdi.
Bu aksiya poytaxt aholisi va mehmonlarida katta taassurot qoldirdi. Tadbirda urush davri harbiy kiyimlarini kiygan harbiy xizmatchilar yuk avtomobillari bortidan joy olib, fashizm ustidan qozonilgan g‘alaba, tinchlik va osoyishtalikka bag‘ishlangan o‘sha davrdagi va bugun ommalashgan o‘zbek tilidagi harbiy kuy-qo‘shiqlarini kuylashdi.
Avtomobillar kolonnasi Usmon Nosir va Amir Temur ko‘chalari bo‘ylab harakatlanib, Shota Rustaveli, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi binosi oldida to‘xtab o‘tdi. Ko‘p haydovchilar avtokolonnaga hamroh bo‘lishdi.
Tadbir yoshlarni bobolarimiz jasoratidan ibrat olishga, mustaqil O‘zbekiston uchun yanada fidoyi bo‘lishga undadi. Bunday tadbirlar el-yurtimizning tinch va osuda hayotini himoya qilishda kurashib jon bergan, hech qachon yovuz dushman oldida bosh egmagan ajdodlar nomlari va xotirasi xalqimizning yodida umrbod, abadiy saqlanishiga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
18:52
Prezident Toshkentda «Xushnud» mahallasi aholisi bilan uchrashdi
16:37
Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkor - iqtisodiyot poydevori, davlat tayanchi
10:51
Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
17:02 / 22.11.2024