Jamiyat | 12:24 / 03.05.2018
12077
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda favvoralar sayli qanday o‘tkazildi - fotogalereya

Samarqand shahrida 1 may — Favvoralar sayli, mana, to‘rtinchi yildirki yoshlarning eng sevimli bayramlaridan biriga aylanib bormoqda.

Kun.uz muxbiri Samarqanddagi nomdor favvoralar joylashgan maydonlarda bo‘lib, shaharliklar ushbu bayramni qanday kutib olishayotgani haqida fotoreportaj tayyorladi.

Suratlarda Islom Karimov maydoni yonidagi favvora, Yo‘lbarslar xiyoboni oldidagi favvora oldida O‘zbekiston xalq artisti Mardon Mavlonovning chiqishi, Amir Temur xiyoboni, Ruhobod maydoni va Teatr maydonidagi favvoralar oldida ko‘plab yoshlarning yig‘ilganiga guvoh bo‘lishingiz mumkin.

O‘z muxbirimiz.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов

Mavzuga oid