Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi mavqeini yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘riladi
O‘zbekistonda mamlakatning asosiy xalqaro reytinglardagi mavqeini yaxshilash bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi guruh tuzish rejalashtirilmoqda. Bu chora O‘zbekiston Prezidentining qarori loyihasida ko‘zda tutilgan.
Qaror loyihasi O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligi tomonidan tayyorlangan. Unda O‘zbekistonning 2018-2019 yillarda xalqaro reytinglar va indekslardagi mavqeini yaxshilash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” qabul qilinishi taklif etilgan.
Tuzilajak guruhning asosiy vazifalari xalqaro tashkilotlar va reyting agentliklari mutaxassislari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mamlakat ko‘rsatkichlarining reytingni tuzish metodologiyasi asosida xolis baholanishi bo‘yicha izohlar tayyorlash va mamlakat mavqeini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar olishdan iborat bo‘ladi.
Guruh, shuningdek, “yo‘l xaritalari”dagi tadbirlarning samarali bajarilishi va O‘zbekiston davlat idoralarining kompleks monitoring bo‘yicha qabul qilinuvchi choralarni amalga oshirish va O‘zbekistonning baholarini yaxshilash bo‘yicha mintaqaviy idoralar bilan hamkorligini monitoring qiladi.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
17:57 / 29.04.2025