Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino merosi majmuasi barpo etiladi
Hukumatning 2018 yil 3 maydagi farmoyishiga muvofiq, Buxoro viloyatining Peshku tumanidagi Afshona qishlog‘ida xalq tabobati markazi, ekobog‘ (qishki bog‘), hovuz, milliy choyxona, tabiiy giyohlar, dorivorlar, alloma ijodi va tabobatga oid adabiyotlar savdo shoxobchasi, kutubxona hamda zamonaviy mehmonxonani o‘z ichiga olgan Abu Ali ibn Sino merosi majmuasi barpo etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur Majmua mahalliy va xorijiy investorlar mablag‘larini jalb etilgan holda 2019 yilning avgust oyiga qadar ishga tushiriladi.
Buxoro aeroporti va temir yo‘l vokzalidan Afshona qishlog‘iga xavfsizlikni ta'minlagan holda turistik avtobus, mikroavtobus va taksi xizmatlari tashkil etiladi.
Farmoyishda shuningdek, Abu Ali ibn Sino dovrug‘ini jahon miqyosida yanada keng targ‘ib qilish bo‘yicha muntazam ravishda xorijiy mamlakatlar, ayniqsa buyuk olim haykali o‘rnatilgan Fransiya, Avstriya, Belgiya, Turkiya, Eron va Tojikiston davlatlari delegatsiyalarining O‘zbekistonga tashriflarini tashkil etish ham nazarda tutilmoqda.
Mavzuga oid
11:46 / 18.03.2024
O‘zbekistonda yiliga 2 mln quyon yetishtiriladigan quyonchilik majmuasi ishga tushirildi
11:51 / 26.02.2024
O‘zbekiston - Qozog‘iston chegarasida quriladigan sanoat majmuasi 100 gektar maydonni egallaydi
10:17 / 20.02.2024
O‘zbekiston delegatsiyasi Eronga tashrifi chog‘ida Abu Ali ibn Sino qabrini ziyorat qildi
11:43 / 23.11.2022