Jahon | 19:06 / 05.05.2018
9151
2 daqiqa o‘qiladi

Armaniston prezidenti Pashinyanni iste'dodli siyosatchi deb atadi

Foto: RIA Novosti/Asatur Yesayants

Armaniston bosh vazirligiga nomzod Nikol Pashinyan – jamoatchilik fikrini juda nozik tushunuvchi iste'dodli siyosiy arbob, biroq u mamlakat rivoji uchun o‘z mas'uliyati darajasini tushunishi kerak. Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan Britaniyaning The Independent gazetasiga bergan intervyusida shunday dedi.

"Janob Pashinyan – jamoatchilik fikrini chuqur tushunadigan iste'dodli siyosiy arbob. Biroq hukumatni boshqarish – bu umuman boshqa masala. U vaqti kelib o‘zi ko‘targan barcha savollarga javob berishi kerak bo‘ladi", - deya ta'kidlab o‘tdi Armaniston rahbari. Shuningdek, uning ta'kidlashicha, "mamlakat fuqarolari bugun qora bo‘lmagan barcha narsa ham ertaga oq bo‘lib chiqmasligini tushunishi lozim".

"Namoyishlar vaqtida prezidentdan kutish mushkul bo‘lgan qadamlarni qo‘ydim. Men Respublika maydonidagi namoyishchilar oldiga borib, siyosiy muloqot imkoniyatini yaratishga harakat qildim. Men shunchaki kabinetda o‘tirishim mumkin emasdi", - deya o‘z pozitsiyasini bildirdi Armaniston prezidenti.

Shuningdek, Sarkisyanning qo‘shimcha qilishicha, politsiyachilar va namoyishchilar o‘rtasida turishga har doim tayyor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pashinyan tahdid haqida ma'lum qildi va tarafdorlarini ogohlikka chaqirgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid