Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Diyego Simeone jiddiy jazolandi
UYeFA axloq qo‘mitasi «Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeoneni 4ta o‘yinga diskvalifikatsiya qildi va 10 ming yevro miqdoridagi jarimaga tortdi.
Ushbu argentinalik mutaxassis Yevropa Ligasi yarimfinalida «Arsenal»ga qarshi kechgan birinchi o‘yinning 10-daqiqasida o‘z jamoasi himoyachi Shime Vrsalko maydondan chetlatishidan darg‘azab bo‘lib, qattiq norozilik bildirgan edi. Shundan so‘ng hakam uni ham tribunaga ravona qilgandi. O‘yinning bayonnomasiga esa murabbiyning hakamni haqorat qilgani va o‘zini nomunosib tutgani haqidagi yozuv kiritilgan edi.
U javob o‘yinini ham tribunadan kuzatdi va jazoning bir qismini o‘tadi. Endi Simeone 16 may kuni Yevropa Ligasi finalida «Marsel»ga qarshi o‘yinda va keyingi mavsumda Chempionlar ligasining ilk uchrashuvlarida jamoasini maydon olib tusholmaydi.
Mavzuga oid
11:29 / 26.02.2025
«Barsa» va «Atletiko» o‘yinida 8 ta gol urildi
16:28 / 08.02.2025
«Real» «Atletiko»ga qarshi, «Manchester Siti» nimchorakfinal yo‘llanmasi uchun kurashadi. Hafta o‘yinlari anonsi
10:13 / 22.01.2025
«Barselona» va «Atletiko»da dahshatli kambek. Kun o‘yinlari
12:02 / 22.12.2024