Jahon | 09:47 / 05.05.2018
6303
1 daqiqa o‘qiladi

Pashinyan tahdid haqida ma'lum qildi va tarafdorlarini ogohlikka chaqirdi

Foto: Reuters /Gleb Garanich

Armaniston muxolifati yetakchisi, mamlakat bosh vaziri lavozimi uchun nomzod Nikol Pashinyanning ma'lum qilishicha, «aksilinqilob» tahdidi bor. U o‘z tarafdorlarini ogohlikka chaqirgan, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».

«Aksilinqilob hushyor turibdi, har bir soniya tayyor turish lozim. Biz korrupsiyalashgan tizim osonlik bilan taslim bo‘lishiga ishonmasligimiz darkor. Aksilinqilobiy jarayonlarga muxolif kuchlar jalb etilishi mumkinligini istisno etmayapman. Biz ogoh bo‘lishimiz va tezkor harakatlarga tayyor turishimiz lozim», - deya ma'lum qildi Pashinyan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armanistonda bosh vazir saylovlarining ikkinchi turi qachon o‘tishi aytilgandi. Qayd etilishicha, Armanistonda bosh vazir saylovlarining ikkinchi turi parlamentning 8 may kuni tashkil etiladigan maxsus yig‘ilishida bo‘lib o‘tadi. 

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid