Sport | 16:50 / 06.05.2018
8755
1 daqiqa o‘qiladi

Angliyada mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun da'vogarlar e'lon qilindi

Angliya premer-ligasining 2017/18 yilgi mavsumida eng yaxshi futbolchi bo‘lish uchun da'vogarlar ma'lum bo‘ldi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar tarqatdi.

EA Sports bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan bu so‘rovnomada 6 nafar futbolchining nomzodi ilgari surilgan. Ular quyidagicha
Kevin De Bryuyne, Rahim Sterling (ikkalasi — «Manchester Siti»), David De Xea («Manchester Yunayted»), Harri Keyn («Tottenhem»), Muhammad Saloh («Liverpul»), Jyeyms Tarkovski («Byornli»).

Caption

Futbolchilariga istalgan muxlis YeA Sports rasmiy sayti orqali ovoz berish mumkin. Natijalar kelgusi haftada e'lon qilinadi.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid