O‘zbekiston | 01:09 / 06.05.2018
77406
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahrida hayratlanarli sovg‘a kutilmoqda 

1981 yil​ Kampir-qal'a va Varaxsha uslubida arxitektor Yevgeniy Rozanov loyihasi asosida qurib bitkazilgan san'at saroyi o‘z nomiga qaytdi. Bu haqda 3 may kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining navbatdagi o‘ttiz oltinchi sessiyasida ana shunday qaror qabul qilingani haqida xabar berilmoqda.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, «Istiqlol» san'at saroyi o‘z nomiga qaytib, endilikda «Xalqlar do‘stligi»​ deb nomlanishi ma'lum qilindi. Ayni paytda san'at saroyi oldida obodonlashtirish ishlari avjida, shuningdek, hududga yaqin metro bekati ham mos ravishda «Xalqlar do‘stligi» nomiga o‘zgartirildi.

Bundan tashqari, Ikkinchi jahon urushi davrida 14 farzandni o‘z bag‘riga olgan Shomahmudovlar monumentini joyiga qaytarish maqsadida avval Shomahmudovlar nomi bilan yuritilgan ko‘chaga uning nomini qayta tiklash yuzasidan takliflar berilgan edi. Shu munosabat bilan kengash sessiyasida saroy old maydonini «Xalqlar do‘stligi» maydoni deb yuritish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi. Tarixda bag‘rikenglik timsoli sifatida qolgan Shomahmudovlar monumentini maydonga o‘rnatish ustida qizg‘in ish olib borilmoqda.

Toshkent shahar hokimligining ma'lum qilishicha, tez orada shahar aholisi va mehmonlarini kutilmagan va hayratlanarli sovg‘a kutmoqda.

Mavzuga oid