Jahon | 18:21 / 07.05.2018
38856
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Putin uchun Rossiyaning yangi limuzini

Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zining to‘rtinchi inauguratsiyasiga «Kortej» loyihasi yangi limuzinida keldi. U Kreml hududi bo‘ylab qisqa sayohatni ham amalga oshirdi. 

Putin Kreml Birinchi korpusidan chiqib, limuzinning orqa yo‘lovchi o‘rindig‘iga o‘tirgan, shundan so‘ng mashina mototsiklchi politsiyachilar hamrohligida Katta Kreml saroyi tomon yo‘lga chiqdi.

Avtomobil rasmiy brendi - Aurus, «Aurum» (oltin) va «Russia» so‘zlaridan.

Foto: RIA Novosti / Sergey Subbotin
Foto: RIA Novosti / Sergey Subbotin

Inauguratsiya marosimiga qadar internetda faqat sinovlar surati va limuzinning yig‘ilmagan holdagi fotosi e'lon qilindi. Shu bilan birga, mashinani ishlab chiqish 2012 yildan beri davom etib kelgan bo‘lsada, hozirgacha sifatli kadrlar yo‘q edi. 

Qayd etilishicha, avtomobilni yaratish uchun mamlakat byudjyetidan 12 mlrd rubldan ko‘proq mablag‘ ajratilgan.

 

Mavzuga oid