Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kutilmagan sel Anqarada 6 kishining jarohatlanishiga sabab bo‘ldi
Turkiya poytaxti Anqara shahrida Markaziy Anado‘lu viloyatida yog‘gan qattiq jala oqibatida suv toshqini va sel kelib chiqqan, deb yozadi Daily Sabah.
Suv toshqini poytaxtning Andari Mamaq tumanidagi ko‘chalardan o‘nlab avtomobillarni oqizib ketgan.
Internetda tarqalgan videoroliklardan birida Mamaq tumanining Bo‘g‘ozichi ko‘chasida bir necha avtomobillarni oqizib ketayotganida haydovchilardan biri jon holatda o‘zini qutqarishga urinayotgani tasvirlangan bu hol suv toshqini mutlaqo to‘satdan yuz berganini isbotlaydi.
Xabarlarga ko‘ra, bu inson jarohat olgan va qutqarilgan.
Mamaqdagi Nashat Ertosh ko‘chasidagi o‘nlab uylar va ofislarni suv bosgan, u yerda yashovchi aholi imoratlarning yuqori qavatlariga chiqib jon saqlagan.
Anqara hokimi Mustafo Tunaning bayonotiga ko‘ra, tabiiy ofat natijasida olti kishi jabrlangan va ularning hech biri og‘ir ahvolda emas.
Tunaning qayd etishicha, suv toshqini faqat Mamaq tumaniga zarba bergan, Anqaraning qolgan tumanlarida xavf keltirib chiqarmagan.
Shahar ishchilari tabiiy ofat yuz bergan joyga kelib, tozalash ishlarini boshlab yuborishgan.
Mavzuga oid
19:11 / 13.04.2025
CNN Turk: Rossiya va Ukraina 15-16 aprel kunlari Anqarada muzokaralar o‘tkazadi
17:48 / 07.02.2025
Anqarada qalbaki alkogoldan 33 kishi vafot etdi
01:02 / 24.10.2024
Anqaradagi terakt qurbonlari soni besh kishiga yetdi. Erdo‘g‘an Qozonga tashrifini yakunlamoqda
20:55 / 23.10.2024