Jahon | 16:54 / 08.05.2018
17587
1 daqiqa o‘qiladi

Pashinyan Putin bilan uchrashmoqchi va Tog‘li Qorabog‘ga bormoqchi

Foto: Aleksandr Miridonov / «Kommersant'»

Armanistonning yangi saylangan bosh vaziri Nikol Pashinyan Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashmoqchi ekanini aytdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar tarqatgan.

U rossiyaliklar prezidenti bilan 14 may kuni Sochida Yevroosiyo iqtisodiy kengashining oliy darajali yig‘ilishi vaqtida uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirgan.

Pashinyan shuningdek, 9 may kuni Tog‘li Qorabog‘ga borishni rejalashtirgan. Armaniston parlamentidagi chiqishi chog‘ida u Qorabog‘ nizosini tinch yo‘l bilan hal qilish uchun bu masalani Ozarboyjon tomoni bilan muhokama qilishga tayyorligini bildirgan.

Pashinyan 8 may kuni Milliy yig‘ilishda o‘tkazilgan saylov natijasida mamlakatning yangi bosh vaziri etib saylandi. Uning nomzodi 59 nafar deputat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi (53 ovoz talab etilgandi), — 42 kishi qarshi bo‘ldi. U endilikda muxolifatga aylangan Respublika  partiyasi vakillari bergan ovozlar evaziga saylanishga muvaffaq bo‘ldi.

Mavzuga oid