O‘zbekiston | 12:05 / 08.05.2018
23914
3 daqiqa o‘qiladi

Vazirlar Mahkamasining yana bir komissiyasi tugatildi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi (O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori bo‘lgan mahsulot va xom ashyo turlari bilan barqaror ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 17 yanvardagi PQ-3479-sonli qarori)

O‘zbekiston Respublikasi “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi qonuni va O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori bo‘lgan mahsulot va xom ashyo turlari bilan barqaror ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 17 yanvardagi PQ-3479-sonli qaroriga muvofiq:

1. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori bo‘lgan mahsulot va xom ashyo turlari bilan barqaror ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 17 yanvardagi PQ-3479-sonli qaroriga muvofiq:

noruda qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer osti uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya berish vakolati O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga o‘tkazildi;

noruda qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer osti uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining komissiyasi tugatildi.

2. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining ayrim hujjatlari ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblandi.

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda noruda qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqini olish uchun qulay sharoitlar yaratishni nazarda tutuvchi Noruda qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer osti uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibi to‘g‘risidagi yangilangan Nizomni tasdiqlaydi, unda quyidagilar nazarda tutiladi:

kelishuv tartibini tubdan soddalashtirish va litsenziyalar berish muddatlarini qisqartirish;

noruda qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqini taqdim etuvchi mexanizmning shaffofligini ta'minlash.

4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bir oy muddatda ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu farmonga muvofiqlashtiradi.

5. Mazkur farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari - “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S.Sultonov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi B.F.Islomov zimmasiga yuklandi.

Mavzuga oid