Yordamga muhtoj sabrli ayol qismati
Taqdirning hukmini qarangki, hayotimizda ko‘plab sinovlarning guvohi bo‘lamiz. Uning qarori shunchalik og‘irki, u xoh nochor bo‘lsin, xoh go‘dak bo‘lsin, qo‘yingki, u ayol bo‘lsin ayab o‘tirishi dargumon.
Kun.uz saytida “Koksartrozdan aziyat chekayotgan Gulnora opa yaxshilar yordamiga muhtoj!” sarlavhali xayriya aksiyasi tashkil etilgandi. Dastavval, vaziyatni eslab o‘tishni joiz deb topdik. Ma'lum bo‘lishicha, Gulnora opa bolalar shifokori bo‘lib bir necha yillar faoliyat yuritgan. So‘nggi ikki yillar mobaynida dardi kuchayib, hozirda yura olmay qolgan. Bunga: umurtqa pog‘onasi bel-dumg‘aza sohasining ildizcha og‘riqli sindrom bilan osteoxondrozi, osteoartroz, poliartroz, Disk proturiziyalari, 2 tomonlama 3-darajali koksartroz tashxisi sababdir.
Hozirgi kunda Gulnora opa yangi operatsiya amaliyotiga tayyorlanmoqda. Buning uchun 25 mln so‘mga yaqin mablag‘ga muhtoj ekanligi aniqlandi. Savobtalab insonlarning ko‘magida pulning yarim qismi to‘plangan.
Xulosa o‘rnida bir Hadisi sharifdan misol keltirsak:Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: “Kim musulmon birodari bilan sulton o‘rtasida vosita bo‘lib, unga biror yaxshilik yetishi yoki mashaqqati oson bo‘lishiga sababchi bo‘lsa, Alloh taolo qadamlar toyiladigan kunda uning sirot ko‘prigidan o‘tishiga yordamchi bo‘ladi”, – dedilar». Abu Tohir Maqdisiy rivoyati.
Keling, savobli ishni bugundan qoldirmaylik!
Haydarov Alisher
Click/Payme va boshqa pul o‘tkazishlar uchun
Agrobank kartochkasi: 8600 0417 6795 8441
Telefon: +998 94 680 17 52, +998 90 359 98 15
Mavzuga oid
23:49 / 08.11.2024
Britaniyada hospis yopilmasligi uchun 6 mln funt sterling xayriya mablag‘i to‘plandi
22:50 / 08.10.2024
Siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan marafon uch oyda 378 ming yevro to‘pladi
13:08 / 31.08.2024
AQShda shahar hokimiyati 12 yoshli bolaning xayriya do‘konini yopdi. Aholi bola uchun 20 ming dollar yig‘ib berdi
08:23 / 20.08.2024