Galiulin «Tosno» bilan Rossiya Kubogini qo‘lga kiritdi
Rossiya Kubogida final o‘yini o‘tkazildi.
«Tosno» klubi 1-divizion vakili «Avangard» bilan bellashib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi va o‘z tarixida birinchi marta nufuzli sovrinni qo‘lga kiritdi.
Hamyurtimiz Vagiz Galiulin «Tosno»ning asosiy tarkibida maydonga tushib, o‘yinda to‘liq harakat qildi.
Qizig‘i shundaki, ayni paytda «Tosno» Premer-ligada so‘nggi o‘rinlardan birida boryapti va quyi ligaga tushib ketishi ham mumkin. Rossiya Kubogi g‘olibi sifatida jamoaning Yevropa Ligasida ishtirok etishi ham so‘roq ostida turibdi. Chunki klub yevrokuboklarda ishtirok etish uchun UYeFA litsenziyasini olmagan.
Rossiya Kubogi, Final
Tosno – Avangard Kursk - 2:1
9 may, «Volgograd-Arena»
Gollar: 1:0 – 10 Skvortsov, 1:1 – 16 Kireyev, 2:1 – 80 Mirzov.
Tosno – Yurchenko, Buyvolov, Suxarev, Chernov, Margasov, Skvortsov (Rikardino, 66), Jigulev, Galiulin, Paliyenko (Nunu Rosha, 58), Mirzov, Poletanovich.
Avangard Kursk – Kobzev, Dashayev, Gotsuk, Bagayev, Gurfov, Korobov, Alshin, Netfullin, Bolov (Tlupov, 77), Kireyev, Fedchuk (Akbashev, 82).
Ogohlantirishlar: Buyvolov (56), Fedchuk (76), Mirzov (81).
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
Mavzuga oid

21:13 / 25.09.2018
Afonin «Orenburg» bilan Rossiya Kubogi 1/8 finaliga chiqdi

17:48 / 09.06.2018
Rossiya kubogida g‘alaba qozongan «Tosno» faoliyatini yakunladi

00:14 / 31.05.2018
Vagiz Galiulin: «Meni «Tosno»dan haydab yuborishmoqchi»

19:00 / 13.05.2018