Fan-texnika | 20:42 / 10.05.2018
22646
2 daqiqa o‘qiladi

Rolls-Royce o‘z tarixidagi ilk yo‘ltanlamasini taqdim qildi

BMW Group tarkibiga kiruvchi Rolls-Royce Motor Cars avtomobilsozlik kompaniyasi o‘zining tarixidagi ilk yo‘ltanlamas – Rolls-Royce Cullinan modelini taqdim qildi.
Model dunyodagi eng katta olmoslardan biri nomiga qo‘yilgan. Ayni vaqtda ushbu olmosdan olingan brilliantlar britan monarxlarining regaliyalarini bezab turibdi. 

“Vertikal va gorizontal chiziqlar radiator panjarasi ustidagi bo‘rtiq hisobiga sakson jangchisi yuzi ifodasini hosil qiladi. Buning hisobiga mashina mardonavor ko‘rinadi”, deyilgan kompaniya bayonotida.

Foto: Rolls-Royce
Foto: Rolls-Royce
Foto: Rolls-Royce

Ta'kidlanishicha, avtomobil 6,75 litrli, 12 silindrli dvigatel bilan jihozlangan. Modelning negizida Architecture of Luxury alyuminiy platformasi yotadi. Bu platformada kompaniyaning Phantom VIII limuzini ishlab chiqarilgan. Mashinaning yaratuvchilari uni “texnologik jihatdan dunyodagi eng ilg‘or yo‘ltanlamas” va Rolls-Royce modellaridan eng omilkori deb atashgan.

Foto: Rolls-Royce
Foto: Rolls-Royce
Foto: Rolls-Royce
Foto: Rolls-Royce
Foto: Rolls-Royce
Foto: Rolls-Royce
Foto: Rolls-Royce
Foto: Rolls-Royce

Mavzuga oid