Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Toshkent gerbi»ning taqdiri hal etilmadi
«Toshkent gerbi» yodgorligi shu yilning 4 may kuni o‘z joyidan ko‘chirilgandan so‘ng, saqlashga topshirilgan. Bu haqda Toshkent shahri Mirobod tumani hokimi Shuhrat Po‘latov matbuot anjumanida ma'lum qildi.
«Yodgorlik o‘rnida favvora ishga tushishi rejalashtirilgan», deydi u.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, Toshkent markaziy temiryo‘l vokzaliga yaqin maydonga atoqli qoraqalpoq adibi Berdaq haykali olib kelinishi munosabati bilan, xalq orasida «kopeyka» nomi bilan mashhur bo‘lgan yodgorlik joyidan ko‘chirilgan.
«Tanga»ning qayerga o‘rnatilishi bo‘yicha aniq qaror yo‘q, u hozircha saqlashga topshirildi. Bitta hududda ikki xil yodgorlikning joylashishi umumiy ko‘rinishga ta'sir qiladi. Shuning uchun biz «kopeyka»ni ko‘chirishga qaror qildik», deydi hokim.
Ma'lumot uchun, 1996 yilga qadar ushbu maydonda haykaltarosh Dmitriy Ryabichev ijodiga mansub «14 nafar turkistonlik komissar» ekspozitsiya mavjud edi.
Mavzuga oid
11:30 / 02.11.2024
Serbiyada temiryo‘l vokzalida tom qulashi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi
12:05 / 13.08.2024
Toshkent Markaziy vokzali ishi 16 avgustdan tiklanadi
07:16 / 10.07.2024
«Toshkent-Markaziy» temiryo‘l vokzalidan aksariyat poyezdlar harakati 1 oy to‘xtatiladi
07:35 / 11.11.2023