Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent Markaziy vokzali ishi 16 avgustdan tiklanadi
To‘qimachi bekatidagi ishlar sabab vaqtincha faoliyati to‘xtagan Toshkent Markaziy (Shimoliy) vokzali 16 avgustdan ishini qayta boshlaydi.
16 avgust sanasidan Toshkent Markaziy vokzali o‘z faoliyatini qayta boshlaydi.
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» xabariga ko‘ra, Toshkent Markaziy vokzalidan qatnovchi mahalliy yo‘nalishlarga sayohatni avvalgidek Toshkent Markaziy vokzalidan davom ettirish mumkin bo‘ladi. Yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob», tezyurar «Sharq», «Nasaf», «O‘zbekiston» poyezdlari va «Toshkent-Volgograd-Toshkent» yo‘nalishida harakatlanuvchi poyezdlar avvalgidek Toshkent Markaziy vokzalidan harakatlanadi.
Hozirda Toshkent Markaziy vokzali va To‘qimachi bekatidan harakatlanayotgan shaharlararo Hojikent, Guliston, Angren, Xavast, Bekobod yo‘nalishlaridagi poyezdlar ham 16 avgust sanasidan boshlab Toshkent Janubiy vokzalidan harakatlanadi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025