Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Suriyadagi harbiy bazalarini eronliklar bosib olishidan cho‘chimoqda
Oq uydagi bir necha manbalar AQShning Suriyadagi harbiy bazalari xavfsizligi bo‘yicha xavotirlar yuzaga kelganini bildirishmoqda. Xususan, The Washington Post nashri shu manbalarga asoslanib bergan xabarga ko‘ra, Suriyadagi At-Tanfa tumanidagi amerikaliklar bazasi eronlik jangchilar va ularning ittifoqchilari hujumiga uchrashi mumkin.
Gazetada qayd etilishicha, bunday hujumlardan maqsad Vashingtonni Suriya nizosiga yanada chuqurroq jalb etish bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, eronliklar Qo‘shma shtatlarning oxirgi harakatlariga shu tariqa javob qaytarmoqchi bo‘lishi ham mumkin.
Qayd etish kerakki, At-Tanfa bazasi avvaliga IShIDga qarshi kurash maqsadida tashkil etilgandi, endi esa bu yerdan turib, Suriya armiyasi tomonida jang qilayotgan eronlik harbiylarga ham zarba berildi.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025