Jahon | 19:53 / 14.05.2018
6673
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya AQShning Isroildagi elchixonasi ko‘chirilganini qoraladi

Foto: EFE/ Abir Sultan

Turkiya AQShning Isroildagi elchixonasining Tel-Avivdan Al-Qudsga ko‘chirilishini qoralab chiqdi. Bu haqda 14 may kuni Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilgan.

AQSh elchixonasi bugun, 14 mayda Al-Qudsga ko‘chirila boshlandi. 

“Biz Tel-Avivda joylashgan AQSh elchixonasining Al-Qudsga ko‘chirilishini qoralaymiz. Bu jarayon xalqaro huquq va BMTning barcha qarorlariga zid ravishda amalga oshirildi. Biz falastin xalqining huquqlarini inkor qiluvchi bu qadam mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni o‘rnatish masalalarida yordam bermaydi, deb ta'kidlaymiz”, deyilgan bayonotda. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid