Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Xavfsizlik kengashi G‘azo sektoridagi vaziyat bo‘yicha shoshilinch yig‘ilish o‘tkazadi
BMT Xavfsizlik kengashi 14 may kuni to‘qnashuvlar oqibatida 52 falastinlik halok bo‘lgan G‘azo sektori va Isroil chegarasidagi vaziyat bo‘yicha 15 may kuni navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazadi. Bu haqda jurnalistlarga Buyuk Britaniyaning BMTdagi doimiy vakili Karen Pirs ma'lum qildi.
“Ertaga Xavfsizlik kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, unda BMTning Yaqin Sharqdagi tinchlik jarayoni bo‘yicha maxsus koordinatori Nikolay Mladenov doklad o‘qiydi. Biz Falastin-Isroil ixtilofining barcha masalalarini muhokama qila olamiz, biroq ayni vaqtda bo‘layotgan voqealarga ta'sirga ega bo‘lgan barcha ushbu ta'sirini vaziyatni tinchlatish va xunrezliklarga chek qo‘yish uchun qo‘llashi muhimroqdir”, deb aytgan diplomat.
Yig‘ilish o‘tkazilishini BMT Xavfsizlik kengashining nodoimiy a'zosi hisoblangan Kuvayt so‘ragan. TASS axborot agentligi ma'lumotiga ko‘ra, yig‘ilish Toshkent vaqti bilan soat 19:00ga belgilangan. Bu vaqtga belgilangan Somali bo‘yicha uchrashuv esa kechroqqa ko‘chirilgan.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:33 / 27.05.2025
Uitkoff: Hamas Isroil bilan sulh bo‘yicha kelishuvni rad etdi
20:40 / 26.05.2025
Uitkoff HAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor degan da’volarni rad etdi
19:43 / 26.05.2025