O‘zbekiston | 11:43 / 16.05.2018
16323
2 daqiqa o‘qiladi

Chilonzor tumani sobiq hokimi «Suvsoz» DUK boshqaruvchisi etib tayinlandi 

Toshkent shahar hokimligida O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda Tohir Sharapovich Mirhidoyatov “Suvsoz” Davlat unitar korxonasi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda hokimlik  axborot xizmati xabar bermoqda.

Tohir Sharapovich Mirhidoyatov
Foto: Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati

Bunga qadar Tohir Mirhidoyatov “Toshkent agro zaxira xizmat” Davlat unitar korxonasi direktori lavozimida ishlagan. 

T.Mirhidoyatov 1960 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1982 yilda Toshkent temir yo‘l muhandislari institutini tamomlagan. 2003-2012 yillarda «Suvsoz» Davlat unitar korxonasi boshqaruvchisi, 2012-2015 yillarda Qurilish va investitsiya dasturlari departamenti boshlig‘i, 2015-2017 yillarda Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimi lavozimlarida ishlagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qahramon Oripov Toshkent shahar hokimiga birinchi o‘rinbosar bo‘lgani xabar berilgandi.

Shuningdek, Toshkent shahar hokimligi tashkiliy nazorat guruhiga ham yangi rahbar tayinlandi
 

Mavzuga oid