Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
New York Times muxbiriga O‘zbekiston vizasi berilmadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShga rasmiy tashrifi boshlanishidan bir kun avval, dushanba kuni Amerikaning nufuzli New York Times tahririyati muxbiriga O‘zbekistonga kirishga ruxsat berilmagan. Bu haqda nashr e'lon qilgan maqolasida ta'kidlab o‘tgan.
Ma'lum qilinishicha, mashhur nashrda faoliyat olib boruvchi muxbir Nukus shahridagi muzeyga taklif etilgandi, shuningdek, rus san'ati va madaniyati durdonalari saqlanayotgan binodan reportajlar tayyorlashni rejalashtirgandi.
Eslatib o‘tamiz, davlat rahbarining AQShga rasmiy tashrifi boshlanishidan 3 kun avval O‘zbekiston Konstitutsion tuzumiga tajovuz qilganlikda ayblangan jurnalist Bobomurod Abdullayev sud zalida ozod qilingandi.
Human Rights Watch tashkilotining Markaziy Osiyo mintaqasi tadqiqotchisi Stiv Sverdlovning ta'kidlashicha, Abdullayev va u bilan birga qamoqqa olingan Hayotxon Nasriddinovning ozod etilishi bilan mamlakatdagi qamoqxonalarda hech qanday jurnalist qolmadi.
Mavzuga oid
08:09 / 29.06.2024
New York Times Baydenni prezidentlik poygasidan chiqishga chaqirdi
14:00 / 06.09.2023
Boku: New York Times muqobil fikrlarga to‘sqinlik qilmoqda
08:47 / 03.08.2021
The New York Times o‘z xodimlariga koronavirus kelib chiqishini o‘rganishni taqiqlab qo‘ygan - OAV
16:42 / 24.05.2020