Jahon | 14:00 / 06.09.2023
4807
2 daqiqa o‘qiladi

Boku: New York Times muqobil fikrlarga to‘sqinlik qilmoqda

Ozarboyjon prezidentining yordamchisi Hikmat Hojiyev NYT’ga ochiq xat yo‘lladi.

Foto: Reuters

Amerikaning New York Times nashri hamma uchun adolatli platforma bo‘lib xizmat qilish o‘rniga, muqobil fikrlarga byurokratik to‘siqlar o‘rnatyapti

Bu haqda Ozarboyjon prezidenti yordamchisi Hikmat Hojiyevning NYT’ga yozgan ochiq xatida aytiladi, u X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilindi. 

«X ijtimoiy tarmog‘i mamlakatimizga qarshi sovetcha targ‘ibot usulida ba’zi g‘arb ommaviy axborot vositalarining olib borayotgan axborot monopoliyasiga qarshi kurashish uchun yanada kuchli muqobil, erkin va ochiq platformadir», — deb yozadi Hojiyev. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, nufuzli nashrning bunday pozitsiyasi afsuslanarli holatdir. 

«Ushbu maqolalarning barchasini, jumladan, NYT’dagi maqolalarni ko‘rib chiqqanimizda, ularning barchasi bitta davlat studiyasida yoki arman lobbisi va hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan PR-kompaniyada yozilganga o‘xshaydi», dedi Hojiyev. 

Mavzuga oid