Almazbek Atamboyev daxlsizlik maqomidan mahrum qilinishi mumkin
Qirg‘iziston parlamenti deputatlari o‘z hamkasblari Ishok Masaliyevning mamlakatning sobiq prezidentlarini daxlsizlikdan mahrum qilish haqidagi qonunni ishlab chiqish taklifini qo‘llab-quvvatlashdi. Agar Jogorku Kenesh ko‘pchilik ovoz bilan bunday qonunni qabul qilsa, unda Almazbek Atamboyev sobiq prezident maqomidan mahrum etilishi mumkin.
Parlamentda Bishkek issiqlik elektr markazida avariyaning sabablarini tergov qilish bo‘yicha deputatlik komissiyasining xulosasi va 386 mln dollarlik kreditdan oqilona foydalanilganlikning uch kunlik muhokamasi yakunlandi.
Masaliyev nafaqat Atamboyevni, balki bo‘lg‘usi prezidentlarni ham jinoiy javobgarlikka tortish mumkin bo‘lishi uchun daxlsizlikdan mahrum qilishni taklif qilgan.
Deputatlar taklifni qo‘llab-quvvatlashgan, biroq issiqlik elektr markazini rekonstruksiya qilish uchun sarflangan mablag‘larni tekshirish uchun xalqaro auditni taklif qilishga qarshi chiqishgan. Ularning fikricha, bu ishni Hisob palatasiga topshirish kerak.
Ayni vaqtda mamlakat bosh prokuraturasi IEM bo‘yicha 4 ta jinoiy ish qo‘zg‘atgan.
Mavzuga oid
17:30
Qirg‘iziston Issiqko‘lni saqlab qolish uchun qo‘shnilarga kamroq suv berishi mumkin
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
17:21 / 06.11.2024