Boris Dubrovskiy Toshkentga qurilish materiallari yetkazib berishni taklif qildi
Rossiya Federatsiyasining Chelyabinsk viloyati gubernatori Boris Dubrovskiy o‘z delegatsiya a'zolari bilan Toshkent shahar hokimligi qabulida bo‘lishdi. Mehmonlar ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va qurilish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Muloqot chog‘ida Chelyabinsk viloyati va Toshkent shahri o‘rtasida do‘stona munosabatlarni yuqori bosqichga olib chiqish va kelgusidagi rejalar haqida so‘z yuritildi. Jumladan Boris Dubrovskiy Toshkent shahrining rivojlanib borayotgani haqida gapirar ekan, ikki tomonlama hamkorlik chog‘ida qurilish materiallari (og‘ir vaznli yuk ko‘taruvchi kranlar, sement, qurilishda ishlatiladigan temir mahsulotlarini) yetkazib berish va Toshkent - Chelyabinsk aviareysini tashkil qilish borasida so‘z yuritdi.
Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama shartnomalarda ham bu borada kelishuvlar borligi hamda aynan Toshkent shahridagi bir qator bunyodkorlik ishlarida bu ancha qo‘l kelayotganligi haqida fikr bildirildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda Janubiy Ural savdo uyi ochilishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
16:37
Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkor - iqtisodiyot poydevori, davlat tayanchi
10:51
Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
17:02 / 22.11.2024
Toshkentda 4 mln dona pirotexnika buyumlari yo‘q qilindi
15:28 / 22.11.2024