O‘zbekiston | 22:38 / 18.05.2018
9857
2 daqiqa o‘qiladi

Andijon turizm kollejida “Yosh temuriylar” harbiy sport musobaqasi o‘tkazildi

Andijon viloyati kasb-hunar ta'limi boshqarmasi turizm va xizmat ko‘rsatish kollejida o‘z tasarrufidagi ta'lim muassasalarining “Maxsus guruh” shaxsiy tarkibi ishtirokida “Yosh temuriylar” musobaqasini tashkil qildi.

Guruhlar - saf ko‘rigi, safda qo‘shiq aytish, pnevmatik miltiqdan o‘q otish, amaliy jismoniy tayyorgarlik, tibbiy yordam ko‘rsatish va huquqiy savodxonlik shartlari bo‘yicha bellashdilar.  

Harbiy sport musobaqasida ishtirok etgan Xonobod axborot texnologiyalari va sanoat hamda Andijon turizm va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji tarbiyalanuvchilari bilim, sport va harbiy tayyorgarlikdan mahoratlarini namoyish etdilar.

 Bellashuvlarda o‘zini ko‘rsatgan yoshlar Andijon viloyati kasb-hunar ta'limi boshqarmasi tomonidan maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

         

  

                  KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon

 

Mavzuga oid