Toshkentda avtosalonlardan birining direktori qo‘lga olindi
Toshkent shahar IIBB JQB xodimlari pora evaziga avtomobil taklif qilgan shaxsni qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya o‘tkazdi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.
Toshkent shahar IIBB Jinoyat-qidiruv boshqarmasi Iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan qo‘lga kiritilgan ma'lumotga ko‘ra, poytaxtlik ikki shaxs «Nexia-3» rusumli avtomobilni 3 ming AQSh dollari ustama haqi evaziga qisqa muddatda yetkazib berishni taklif qilgani ma'lum bo‘lgan. Ulardan biri bevosita shu sohaga aloqador shaxs ekanligi aniqlangan.
Olib borilgan tezkor tadbir natijasida talab qilingan summani olayotgan vaqtda ijtimoiy fondlardan birining ishchisi, 63 yoshli A.G. hamda uning sherigi – «O‘zavtotexxizmat» MChJ avtosalonlaridan birining direktori M.U. qo‘lga olindi.
Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 168-modda 2-qismi («firibgarlik») va 211-modda 2-qismi («pora berish») bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
16:59
Energiya resurslaridan qarzdorlikni yo‘q qilib berishni va’da qilgan gazchi va hisobchi ushlandi
14:48
Farg‘onada IIB xodimiga 3000 dollar pora taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi
09:10 / 15.11.2024
Toshkentda dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
13:46 / 14.11.2024