Kann kinofestivali g‘oliblari e'lon qilindi
71-marotaba o‘tkazilgan Kann kinofestivali g‘oliblari e'lon qilindi. Festivalning bosh sovrini “Oltin palma novdasi” yaponiyalik rejissyor Xirokadzu Koreedaning “Do‘kon o‘g‘rilari” filmiga berildi.
Festivalning ahamiyati bo‘yicha ikkinchi sovrini – Gran-pri amerikalik rejissyor Spayk Lining “Qora urug‘-aymoqchi” filmiga taqdim qilindi. Hay'at “Sovuq urush” filmini suratga olgan Pavel Pavlikovskiyni eng yaxshi rejissyor deb topdi.
Eng yaxshi aktyor va aktrisa uchun sovrinlar “Dogmen”da rol ijro etgan italiyalik aktyor Marchello Fonte va “Ayka” filmida suratga tushgan qozog‘istonlik aktrisa Samal Yeslyamovaga topshirildi.
Joriy yilda maxsus “Oltin palma novdasi” fransuz kinosi faxriysi Jan-Lyuk Godar va uning “Siymo va nutq” filmi uchun berildi.
Mavzuga oid
19:00 / 20.05.2022
Kann festivalida Yevropa jurnalistlari assotsiatsiyasi bilan memorandum imzolandi
20:42 / 17.05.2022
Kann kinofestivalida O‘zbekiston Milliy paviloni ochildi
03:53 / 28.01.2021
Kann kinofestivali may oyidan iyulga ko‘chirildi
01:48 / 11.05.2020