Kann kinofestivali may oyidan iyulga ko‘chirildi
2021 yil 11 maydan 22 maygacha o‘tishi kerak bo‘lgan 74-Kann kinofestivali iyul oyiga ko‘chirildi. Bu haqda kinofestivalning Twitter’dagi sahifasida ma'lum qilindi.
Kinofestivalni 6-17 iyul kunlari o‘tkazish belgilandi.
Avvalgi 73-Kann festivali pandemiya sababli dastlab keyinroqqa ko‘chirilgandi. So‘ngra u 27 oktyabrda 3 kunlik qisqartirilgan dastur bo‘yicha o‘tkazilgan. Uning dasturiga kiritilgan filmlar 2020 yil kuzida o‘tgan Toronto, Dovill, Angulem, San-Sebastyan, Nyu-York, Pusan va Liondagi kinofestivallarda namoyish qilingan.
Festival direktori Terri Fremoning ma'lum qilishicha, joriy yildagi festival onlayn-formatda o‘tkazilmaydi.
Kinofestival odatga ko‘ra har yil may oxirida Kanndagi Festivallar va kongresslar saroyida bo‘lib o‘tadi. Festival ilk bor 1946 yilda o‘tkazilgan.
Mavzuga oid
20:48 / 04.10.2024
Marburg bezgagi global tarqalishining xavfi past - JSST rahbari
15:47 / 12.09.2024
Pandemiya qizlarda miya qarishini tezlashtirdi - tadqiqot
14:14 / 26.01.2024
London Post: O‘zbekiston pandemiyadan so‘ng aholi farovonligi eng tez tiklangan mamlakatlardan biri
22:11 / 19.01.2024