Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko MDH doirasida imzolangan bitimlardan chiqishga va'da berdi
Ukraina mamlakat milliy manfaatlariga to‘g‘ri kelmaydigan MDH doirasida imzolangan shartnomalardan chiqadi. Prezident Petr Poroshenko siyosiy repressiyalar qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar vaqtida shunday bayonot berdi, deyiladi Ukraina prezidentining rasmiy saytida.
"Ukraina MDHni imperiyadan madaniyatli ajralish jihozi sifatida ko‘rgan. Rossiyaning aybi bilan madaniyatli ajralishning uddasidan chiqilmadi. Moskva hamdo‘stlikni eski ittifoq davridagidek yangilangan imperiyaga aylantirishga harakat qildi", - dedi Poroshenko.
"Endi esa Ukraina MDH doirasida tuzilgan barcha xalqaro shartnomalarni diqqat bilan qayta ko‘rib chiqadi va milliy manfaatlarga oz bo‘lsa-da to‘g‘ri kelmaydiganlaridan chiqadi", - ta'kidladi u.
Shuningdek Poroshenko o‘zining tarixiy missiyasiga doir tushunchasi bilan o‘rtoqlashdi: "Ukrainani Rossiya imperiyasi tomon yetaklovchi halokatli xavfli zonadan olib chiqish".
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025