Jahon | 23:53 / 22.05.2018
5558
2 daqiqa o‘qiladi

Aleksey Kudrin Rossiya Hisob palatasiga rahbar etib tayinlandi

Foto: RIA Novosti / Yevgeniya Novojyenina

Rossiyaning sobiq moliya vaziri, Strategik ishlanmalar markazi rahbari Aleksey Kudrin Rossiya Hisob palatasiga rahbar etib tayinlandi. 

Kudrin palataning avvalgi rahbari Tatyana Golikova va uning hamkasblariga qilingan ish uchun minatdorlik bildirgan. 

“Nazorat nafaqat son, balki sifat bilan ajrab turishi kerak. Shu sababli biz nazorat va tekshiruvlar standartlarini takomillashtirishimiz zarur bo‘ladi. Bu oson ish emas, biz qanday sifat ko‘rsatkichlarini baholash kerakligini anglashimiz lozim bo‘ladi”, deb aytgan Kudrin. 

Kudrin nomzodini Rossiya prezidenti Vladimir Putin taklif qilgan. Hisob palatasi raisi 6 yillik muddatga tayinlanadi.

Kudrin 2011 yildan keyin 7 yil davomida davlat idoralarida ishlamagan. U o‘sha vaqtda Rossiya prezidenti bo‘lgan Dmitriy Medvedev bilan nizoga borgandan keyin moliya vaziri lavozimidan ketgan. Bungacha u ushbu vazirlikka 2000 yildan boshlab 11 yil rahbarlik qilgan.

Mavzuga oid