Jahon | 11:30 / 22.05.2018
5002
1 daqiqa o‘qiladi

ShHT Xitoydagi yig‘ilishda terrorizmga qarshi kurash dasturini tasdiqlaydi

© Sputnik / Bolat Shayxinov

Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari 9-10 iyun kunlarida Xitoyning Tsindao shahrida o‘tkaziladigan yig‘ilishda 2019-2021 yillarda terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashda hamkorlik qilish dasturini tasdiqlashadi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev ShHT davlatlari Xavfsizlik kengashlari kotiblarining seshanba kungi uchrashuvida ma'lum qildi.

«Tsindaoda 2019-2021 yillarda terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashda hamkorlik qilish dasturi tasdiqlanadi. Uning hayotga tatbiq etilishi vakolatli organlarning ShHTning mintaqaviy aksilterror tuzilmasi bilan muvofiqlikda faol harakatlar olib borishini talab etadi», degan u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, terrorchi guruhlarning jinoiy doiralar bilan yaqinlashuvi ShHT davlatlarining vakolatli organlari transmilliy jinoiy guruhlar faoliyatiga qarshi qaratilgan harakatlarini faollashtirishini talab etadi.

Mavzuga oid