O‘zbekiston | 00:01 / 22.05.2018
8889
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda​ tizza bo‘g‘imi endoprotezi yaratildi​

Foto: Getty Images

O‘zbekistonlik jarrohlar ortopediyada foydalanish uchun tizza bo‘g‘imi endoprotezini yaratishdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, ushbu endoprotez tarkibiga katta boldir va son oyoqchalari, antirotasion elementlar, oyoqchalarni o‘zaro bukish va yana to‘g‘rilash imkoniyati bilan biriktiradigan sharnirli element kiradi. Sharnirli element tarkibiga rezbali bolt ko‘rinishida bajarilgan o‘q, shaybalar ko‘rinishidagi sirg‘aluvchi poliyetilen elementlar hamda kontrgayka bilan mahkamlangan konussimon gaykalardan iborat mahkamlash gaykalari kiradi.

Katta boldir oyoqchasi o‘zining distal qismida bo‘rtiqqa ega bo‘lgan silindr ko‘rinishida, proksimal qismida esa piramidal shaklda bajarilgan. Son oyoqchasi piramidal shaklda bajarilgan bo‘lib, tishchalar ko‘rinishidagi antirotasion elementlar bilan ta'minlangan.

Mualliflar Xurshidjon Abdikarimov, Jamila Po‘latova, Mirza Ali Gafur-Axunov, Ulug‘bek Islamov, Sundr Urunbayev va Baxridil Sultonovga ushbu qurilmalari uchun FAP 01290 raqamli foydali model patenti berildi.

Mavzuga oid