Iqtisodiyot | 08:48 / 23.05.2018
5978
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Yevroittifoqqa po‘lat va alyuminiy bo‘yicha taklif bilan chiqdi

Foto: REUTERS/Yves Herman

Qo‘shma Shtatlar hukumati Yevroittifoq bilan savdo masalalari bo‘yicha maslahatlashuvlar vaqtida YeIga po‘lat va alyuminiyni AQShga olib kirish hajmini 10 foizga pasaytirish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda The Wall Street Journal manbaga asosan xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Vashington Bryusselga bir nechta taklif yuborgan. Ulardan birida, alyuminiy va po‘latni AQShga yetkazib beruvchi yevropaliklarga, maxsus kvotani o‘rnatish taklif etildi. U ushbu mahsulotning 2017 yilda AQShga eksportidan 90 foizni tashkil etishi lozim.

Ta'kidlanishicha, ikkinchi taklif metallarga tariflar joriy etishning boshqa mexanizmiga ega. Biroq, u ham YeIdan AQShga alyuminiy va po‘lat yetkazib berish hajmining 10 foizga qisqarishiga olib keladi.

Manba so‘zlariga ko‘ra, Yevroittifoq kvotani eksportdan 90 foiz miqdorda kiritilishini noqonuniy qadam sifatida baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya AQSh bojlariga javob choralarini tayyorlab qo‘ygani ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid