Jamiyat | 10:03 / 23.05.2018
17716
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda haydovchi YHXB inspektorlariga jarohat yetkazdi

2018 yil 12 may kuni soat 22:00larda Samarqand tumanida yashovchi ishsiz S. mast holda o‘zining «Moskvich» rusumli avtomashinasini Samarqand shahrida boshqarib ketayotganida, uni to‘xtatib, Samarqand viloyat narkologiya dispanserida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqchi bo‘lgan viloyat IIB YHXB inspektorlari F. va A.ga faol qarshilik ko‘rsatib, ularga tan jarohati yetkazgan. 

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 219-moddasi 2-qismi (hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid