Jamiyat | 18:46 / 25.05.2018
13537
2 daqiqa o‘qiladi

8500 AQSh dollarini “qora bozor” kursida pullayotgan valyutafurush qo‘lga olindi

O‘zbekistonda valyuta muomalasini tartibga solish, yuridik va jismoniy shaxslarning chet el valyutasini erkin sotib olish va sotishlarini to‘liq ta'minlash bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Afsuski, shunga qaramay, naqd xorijiy valyutalarni qonunga xilof tarzda ayirboshlash bilan shug‘ullanayotgan shaxslar ham uchrab turibdi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Davlat bojxona qo‘mitasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida ana shunday shaxslarning qing‘ir qilmishi fosh qilindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Poytaxtning Olmazor tumani hududida tungi vaqtda o‘tkazilgan mazkur tezkor tadbir davomida fuqarolar Sh.B hamda P.X. xaridorga 8500 AQSh dollarini “qora bozor” kursida 8100 so‘mdan hisoblab, jami 68 mln. 850 ming so‘mga sotishayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Hozirda ashyoviy dalil sifatida olingan 8500 AQSh dollari ushbu holatga qonuniy baho berilgunga qadar vaqtincha saqlovga olindi hamda holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Tekshiruv jarayonlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid