Jahon | 09:10 / 29.05.2018
22152
1 daqiqa o‘qiladi

Shifokorlar Skripallar nima sababdan tuzalib ketganini tushuntirib berishdi

Foto: ukr.media/Global Look Press

Solsberidagi shifoxona shifokorlari Sergey va Yuliya Skripalni davolash qanday qilib muvaffiqiyatli natija berganini tushuntirib berishdi. Bu haqdagi tegishli lavha «Bi-bi-si»ning hali efirga chiqmagan Newsnight dasturida bor bo‘lib, u dasturning tvitterdagi sahifasida e'lon qilindi.

«Bu odamlarni davolashdagi muvaffaqiyatning jiddiy qismi generik preparatlar bilan juda yaxshi bazaviy intensiv terapiya, shifokorlarning ajoyib jamoaviy ishi, hamshiralarning fidoyiligi bilan bog‘liqdir», - deya aytib o‘tdi intensiv terapiya bo‘limi mudiri Dunkan Myurrey.

Uning qo‘shimcha qilishicha, «vaziyatdan xabardor xalqaro ekspertlar» katta hissa qo‘shishgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yuliya Skripal haqida yangi ma'lumotlar paydo bo‘lgandi. 

Mavzuga oid