Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada defolt nima sababdan yuz berishi mumkinligi aytildi
Iqtisodiy o‘sishning sekinlashishi, islohotlarni amalga oshirishning past sur'ati Ukrainada defoltga olib kelishi mumkin. Juda katta tashqi qarzlar esa - uni «ishga tushiradigan dastakka» aylanadi. Bu haqda Ukrainaning «Apostrof» nashri ekspertlarga asosan yozmoqda.
Samarali tartibga solish ofisi rahbari Aleksey Goncharukning ma'lum qilishicha, Ukraina qarzlar bilan tashqi yordamsiz kurashishi mumkin bo‘lgan bironta ssenariyni ko‘rmayapti.
«Bu defoltdan avvalgi vaziyatga juda o‘xshash, hamda unga yechim topish uchun tashqi zayom olish kerak», - deya qayd etib o‘tdi u.
Ekspertlarning ishonch bildirishicha, moliyaviy yordam Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) tomonidan taqdim etilishi mumkin.
«Ukraina, agarda XVJ kreditlar bermasa, 2019 yilda qarzlarini to‘lashi umuman imkonsiz narsaga aylanadi. XVJdan yordam taqdim etilmasa, unda defolt ro‘y berishi ehtimoli 99 foizga teng bo‘ladi», - deya aytib o‘tdi Ukraina Moliyaviy tahlilchilar jamiyati ijroiya qo‘mitasi a'zosi Vitaliy Shapran.
Uning fikricha, XVJ ushbu davlat Yevropada inqiroz markaziga aylanishini xohlamaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq XVJ Ukrainaga yon bosishdan bosh tortgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025