Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telegram kanali adminlari tovlamachilik qilgani uchun qo‘lga olindi, kanal yopildi
Telegram messenjeridagi «Namanganliklar» va «Namangan-cars» kanallari adminlari O.T., M.A. hamda J.B. o‘zaro til biriktirgan holda Namangan shahridagi «Sohil» kafesi rahbaridan tovlamachilik yo‘li bilan 600 AQSh dollari olayotgan paytda qo‘lga olingan.
Voqea tafsilotlariga ko‘ra, avvaldan yollangan bir guruh ayollar kafega kirib, ovqatdan tarakan chiqqanini aytib janjal qilishgan, buni videoga olishgan hamda videoni «Namanganliklar» kanali adminiga olib borib berishgan.
Kanal adminlari esa o‘z kanalida 100 ming a'zo borligi, agar videoni kanalga chiqarsa, mijozlar oshxonaga kelmay qo‘yishi haqida qo‘rqitib, kafe egasidan pul talab qilishgan.
Kafe egasi tegishli tashkilotlarga xabar bergandan so‘ng, tovlamachilikda gumon qilinayotgan adminlar 600 AQSh dollarini olayotgan paytda qo‘lga olingan.
Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
O‘sha kanaldagi oxirgi xabar shu:
«Namanganliklar kanali bugundan e'tiboran noqonuniy faoliyat olib borganligi sababli óz faoliyatini tugatdi.»

Mavzuga oid
10:10 / 04.04.2025
Tasvirga olish uchun rozilik olish talabi OAV faoliyatiga qanday ta’sir qiladi? Adliya vazirligi izohi
11:42 / 23.01.2025
Mashhur oshxona brendlarini shantaj qilib, pul undirishda gumonlanayotgan 3 kishi qo‘lga olindi
21:36 / 13.06.2024
Qo‘ng‘irot tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari tovlamachilikda gumonlanib qo‘lga olindi
10:31 / 26.05.2024