Jahon | 17:43 / 31.05.2018
8828
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina Babchenko bo‘yicha ayblovlariga javob berishi kerak - Kreml

Foto: REUTERS / Valentyn Ogirenko

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, Kiyev jurnalist Arkadiy Babchenkoning sahnalashtirilgan bo‘lib chiqqan o‘ldirilishida Rossiya ayblangani uchun javob berishi kerak. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

Uning ta'kidlashicha, agarda Ukraina hukumati o‘z so‘zini qaytarib olmasa, unda «britaniyalik hamkasblariga» o‘xshab qoladi.

Ukraina Xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Gritsak Babchenkoga uyushtirilgan suiqasdga Rossiya aloqador ekani haqida ma'lum qilgan. Uning bildirishicha, maxsus amaliyot o‘tkazilgan, uning davomida Babchenko o‘ldirilgani haqida xabarlar atayin tarqatilgan.

«U o‘z so‘zi uchun javob berishi kerak. Agar gapirsa, o‘z so‘zlariga javob berishi lozim, aks holda xuddi britaniyalik hamkasblariga o‘xshab qoladi», - deya aytib o‘tdi Peskov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kreml Babchenko voqeasiga munosabat bildirgandi. 

Mavzuga oid