Jahon | 07:48 / 01.06.2018
10053
2 daqiqa o‘qiladi

Tbilisida namoyishlar, Gruziya bosh vaziri iste'foga chiqishdan bosh tortdi

Foto: REUTERS

Tbilisida mamlakat hukumati binosi oldida norozilik namoyishlari o‘tkazgan fuqarolar vazirlar mahkamasidan iste'foga chiqishni talab qilishdi. Bu haqda «Gruziya. Online» xabar berdi.

Portalda «ko‘p ming sonli miting» ishtirokchilari haqida ma'lumot keltirilgan. Ta'kidlanishicha, namoyishchilar mamlakat prezidenti Georgiy Margvelashvilini mitingda qatnashishga ham taklif etishdi.

Xabar qilinishicha, Tbilisidagi parlament binosi oldiga yuzlab namoyishchilar kelgan. Bunga Gruziya poytaxtida 2017 yilning dekabrida yuz bergan to‘qnashuv vaqtida yosh yigitlarning o‘ldirilishi sabab bo‘lgan. Namoyishchilarning ma'lum qilishicha, qotillikni tergov qilish obektiv bo‘lmagan, prokuratura esa voqea ishtirokchilaridan birining yonini olmoqda, u mahkama sobiq xodimi o‘g‘li ekani aytiladi.

O‘z navbatida, Gruziya bosh vaziri Georgiy Kvirikashvilining ma'lum qilishicha, namoyishchilar talabiga ko‘ra o‘z lavozimini tark etishdan bosh tortadi. Bu haqda hukumat saytida xabar berilgan.

«Men iste'foga chiqishim mamlakatga foyda keltirishiga ishonchim komil bo‘lsa, bu haqda bir daqiqaga ham shubhalanib o‘tirmayman. Biroq, hozir bunday vaziyat emas, bunday vaqt emas. Men uchun mamlakatda barqarorlikni saqlab qolish va jamiyatimiz tomonidan qo‘yilgan savollarga tezroq javob berish muhimroq», - deyiladi Kvirikashvilining bayonotida.

Amaldorning ta'kidlashicha, Gruziya IIV mamlakatda namoyishlar o‘tkazilishiga sabab bo‘lgan ikki o‘smirning o‘ldirilishi bo‘yicha ish yuzasidan tergovni yana boshlaydi. Kvirikashvilining qayd etishicha, u tergovda ishtirok etadi va uni shaxsan nazorat qiladi. Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, o‘smirlarning yaqinlari tergov qanday davom etayotgani haqida barcha ma'lumotni oladi.

Mavzuga oid