Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu «Real»ni tark etmoqchi ekanini jamoadoshlaridan yashirmagan
«Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduning Chempionlar Ligasi finalidan o‘rin olgan «Liverpul»ga (3:1) qarshi o‘yindan so‘ng, jamoani tark etishga shama qilishi jamoadoshlari uchun yangilik bo‘lmagan, deb xabar beradi Marca.
Portugaliyalik futbolchi finaldan oldin ham klubni tark etmoqchi ekanini yashirmagan. U jamoadoshlariga klubdagi vaziyat murakkablashganidan noligan. Ammo, Krishtianuning finaldan so‘ng bu haqda gapirishi, barcha uchun kutilmagan hol bo‘lgan.
Ayni paytda, «Real» rahbariyati Ronaldu so‘zlaridan norozi bo‘lsa-da, xotirjamlikni saqlamoqda. Ammo, futbolchilar fikriga ko‘ra, Krishtianu klub tarkibida so‘nggi o‘yinini o‘tkazib bo‘ldi.
Mavzuga oid
16:55 / 23.05.2025
«Real» Karlo Anchelotti ketishini e’lon qildi
19:12 / 18.05.2025
«Cho‘ksang kattaroq dengizda cho‘k». Gulerning onasi, Madriddagi sarguzashtlari va zilziladan omon qolgan muxlisi haqidagi hikoyasi
15:10 / 01.05.2025
Ronaldu va Messi bir kunda yarimfinal o‘yinlarida yutqazdi
12:45 / 27.04.2025