Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda “Tezlik” reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda - IIV
Bugungi kunda Samarqand viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlariga xizmatda foydalanish uchun zamonaviy Rossiya Federatsiyasida ishlab chiqarilgan “Binar” rusumli tezlikni o‘lchash uskunalari biriktirilgan bo‘lib, ushbu tezlikni o‘lchash moslamasi zamonaviy, so‘nggi rusumdagi tezlikni o‘lchash moslamasi bo‘lsada, ko‘rinish jihatidan eski rusumdagi xizmatda foydalanishdan chiqarilgan “Iskra” rusumli radar ko‘rinishiga o‘xshab ketadi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Mazkur “Binar” rusumli tezlikni o‘lchash moslamasidan xizmat o‘tash vaqtida qo‘lda, shtativda va patrul avtomashinasida foydalanish mumkin bo‘lib, belgilangan tezlikni oshirib qoidabuzarlik sodir qilgan haydovchiga transport vositasining “fotosuratini” ko‘rsatish uchun maxsus monitor bilan jihozlangan.
Yo‘l-transport hodisalarini oldini olish va “Yo‘l harakati qoidalari” talablarini buzgan holda, belgilangan tezlikni oshirib harakatlangan transport vositalarini aniqlash maqsadida, Bulung‘yr hamda Jomboy tumanlari hududlarida ochiq ko‘rinishi cheklanmagan joyda zamonaviy “Binar” rusumli tezlikni o‘lchash uskunasidan foydalangan holda “Tezlik” reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
20:32 / 18.05.2025
Bir oyda 590 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlandi - IIV
18:43 / 16.05.2025