O‘zbekiston | 19:40 / 03.06.2018
29710
3 daqiqa o‘qiladi

Rus konsalting byurosi Toshkent ko‘chalari qiyofasini o‘zgartirish bo‘yicha loyiha tayyorlamoqda

«Toshkent seni sevadi» — Rossiyaning «Strelka» konsalting byurosi tomonidan O‘zbekiston poytaxtining jamoatchilik hududlari rekonstruksiyasiga bag‘ishlangan xalqaro loyiha nomi ana shunday atalmoqda. Bu haqda byuroning «Feysbuk»dagi sahifasida ma'lum qilingan.

1 iyun kuni konstalting byurosining bosh direktori Denis Leontev O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan, poytaxtning yangilangan jamoatchilik hududlari loyihasini taqdim etdi. Ko‘chalarni zamonaviy hududga aylantirish bo‘yicha dasturga jamoatchilik kengashi tuzish bo‘yicha ishchi guruh vakillari va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ham baho berishdi.

Foto: Facebok / Strelka KB

Denis Leontev loyihaning muhimligi haqida shunday dedi: «Strelka» KB xalqaro konsalting tomon bir qadam tashladi va sobiq ittifoq shaharlari bo‘yicha ishlashni boshladi. Dastlabki tizimli hamkorlikni Toshkent bilan yo‘lga qo‘yish boshlandi.

Biz besh yildan buyon Rossiyada ishlamoqdamiz va 365 ta shaharda faoliyat olib boramiz, aynan shuning uchun bizning ekspertizamizga bugungi kunda talab katta. Bizning uslublarimiz jahon bozorida raqobatbardosh va qiziqarli, bu esa rus konsaltingini tashqaridan yangicha qabul qilish uchun zamin yaratmoqda. Rivojlanayotgan iqtisodiyotga ega mamlakatlarda shaharlarni qayta qurib biz «softpower» sifatida o‘zgarishlar muhitini yaratamiz, yangi mutaxassislarni jalb qilamiz hamda madaniyatlar va shaharlar o‘rtasida ko‘priklar bunyod etamiz».

Foto: Facebok / Strelka KB

Toshkentni insonlar uchun jozibador qilish uchun «Strelka» KB loyiha bosqichlarini muhokama etish uchun shahar aholisini jalb etishni ham tashkillashtiradi. Jonli uchrashuvlar va taqdimotlarga kraudsorsing unsurlari ham qo‘shiladi. Platforma foydalanuvchilari o‘z fikrlarini bildirishlari shahar muhitini rivojlantirish bo‘yicha o‘z g‘oyalari bilan o‘rtoqlashishlari, shuningdek poytaxt ko‘chalaridagi muammoli nuqtalarni belgilab berishlari mumkin. Poytaxt aholisidan olinadigan shaharning odatlari va xarakterlari haqida ma'lumotlar loyihani amalga oshirishda asqotadigan qimmatli bilimlar hisoblanadi.

Foto: Facebok / Strelka KB

Yangilanish uchun nishona hudud Amir Temur shohko‘chasi bo‘ladi. Piyodalarga qulay bo‘lishi uchun piyodalar yo‘lkasi (trotuarlar) kengaytiriladi va velosiped yo‘lkalari barpo etiladi. Shahar faolligi juda yuqori bo‘lgan nuqtalar — chorrahalarda hordiq chiqarish maskanlari va strit-riteyl jamoatchilik hududlari barpo etiladi. Shohko‘chada qo‘shimcha soya beruvchi 400 dan ortiq daraxtlar o‘tqaziladi.

Foto: Facebok / Strelka KB

 

Mavzuga oid