O‘zbekiston | 17:11 / 04.06.2018
226116
3 daqiqa o‘qiladi

Sobiq bosh prokuror Rashid Qodirov haqida yangi ma'lumotlar paydo bo‘ldi

Ahmadjon Otajonov prezident davlat maslahatchisining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Rashid Qodirov imkon topib uni bir necha yilga qamab yuborgan. Bu haqda shoir Muhammad Ismoil Facebook’dagi sahifasida yozdi.

Ahmadjon Otajonov va Muhammad Ismoil
Foto: Facebook

«Sababi, Ahmadjon Otajonov o‘z vaqtida Rashid Qodirovni qattiq tanqid qilib chiqqan edi. Tanqid qilinishiga sabab, Rashid Qodirov Xorazm va Samarqand, Andijon viloyatlarida ko‘p yillar xokim bo‘lib ishlagan Bektosh Rahimovning kuyovi edi. 

Gdlyan Bektosh Rahimovni paxta ishi bo‘yicha nohaqdan nohaq qamab yuborgach, Rashid Qodirov Bektosh Rahimovning qizini uchta bolasi bilan ko‘chaga haydab yuborgan va meni bunday xotinim, meni bunday bolalarim yo‘q deb, Gdlyanni oldida o‘zini oqlagan va prokuratura ishidagi o‘z mavqeini, o‘z pushti kamaridan bo‘lgan bolalarini xor qilish evaziga saqlab qolgan edi. 

Ahmadjon Otajonov uning mana shu xiyonatkorligini tanqid qilgani uchun, keyinchalik Rashid Qodirov o‘z amalidan foydalanib, amalini suiiste'mol qilib, tuhmat bilan uni to‘rt yilga qamab yuborgan, Ahmadjon Otajonov uning kasriga to‘rt yil og‘ir jazo muddatini o‘tab qaytgan edi. 

Ahmadjon Otajonov bir kun haqiqat qaror topishiga ishondi, umidini yo‘qotmadi. U hayotining keyingi yigirma to‘rt yili mobaynida bir marta haj, yetti marta umra safarini amalga oshirdi, qanchalik qiyinchiliklarga duch kelmasin, bir safar bo‘lsin namoz o‘qishdan to‘xtamadi. Xudodan yaxshi kunlar kelishini yolvorib so‘radi, elu yurt oldida yuzi yorug‘ bo‘lishini intizorlik bilan kutdi. Ka'batilloni oldida ham haqiqat qaror topishini Olloh taolodan so‘radi. Bugun mana o‘sha kunlar keldi. Xudoning marhamati, qolaversa Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning haqiqatparvarligi sabab O‘zbekiston Oliy sudining qarori bilan Ahmadjon Otajonov to‘liq oqlandi, yetkazilgan moddiy va ma'naviy zarar uchun bir necha mln so‘m atrofida tovon puli to‘lanadigan bo‘ldi», - deya yozadi Muhammad Ismoil.

Mavzuga oid