Fan-texnika | 11:17 / 04.06.2018
4667
2 daqiqa o‘qiladi

SpaceX Yevropa aloqa sun'iy yo‘ldoshini koinotga uchirdi

Foto: SpaceX

Amerikaning SpaceX kompaniyasiga tegishli Falcone 9 raketasi Kanaveral burunidagi kosmodromdan uchirildi. U Yevropa telekommunikatsion sun'iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqishi kerak. Bu joriy yilda raketaning hisob bo‘yicha 11-muvaffaqiyatli uchirilishi. Start chog‘ida raketaning avval qaytarilgan birinchi pog‘onasi qo‘llanildi, uning yordamida o‘tgan yil sentabrida Amerikaning X-37B maxfiy mini-shattli koinotga uchirilgandi.

Endi bu pog‘ona qaytarilmaydi, sababi faqat bitta takroriy parvozga mo‘ljallangan Block 4 eski turdagi pog‘onalariga tegishli. Og‘irligi 5,4 tonna keluvchi SES-12 sun'iy yo‘ldoshining uchirilishi Osiyo-Tinch okeani mintaqasi va Yaqin Sharq davlatlarini keng polosali internet hamda boshqa aloqa vositalari bilan ta'minlash imkonini beradi.

Kompaniya yaqin kelajakda 50ta parvozga mo‘ljallangan Block 5 turidagi raketalarga butunlay o‘tishni rejalashtirmoqda. Bunday raketaning ilk parvozi joriy yil may oyida amalga oshirildi.

Mavzuga oid