Sport | 13:06 / 04.06.2018
12653
1 daqiqa o‘qiladi
Venger qachon qaror qabul qilishini aytdi
«Arsenal» sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger o‘z faoliyatini qachon davom ettirishi bo‘yicha yakuniy qarorni qachon qabul qilishini aytdi.
«Mening kelajagim? Bu savolga yaqin 15 kun ichida javob berishim lozim. Men hamon murabbiylik bilan shug‘ullanmoqchiman», - deya Vengerning so‘zlarini keltiradi Calciomercato.com.
Avvalroq, Venger Zayniddin Zidandan so‘ng Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi lavozimiga da'vogar ekani aytilgandi.
Venger «Arsenal»ga 1996-2018 yillar davomida ustozlik qildi. «Kanonirlar» uning qo‘l ostida uch marta Angliya chempioni, yetti bora mamlakat kubogi va superkubogida g‘alaba qozongan.
Mavzuga oid
15:52 / 10.11.2024
«Arsenal»da ham inqiroz. Buning sabablari nimada?
12:28 / 07.11.2024
«Villa» o‘yinida ahmoqona penalti, «Barsa» istagancha gol urmoqda. Kun o‘yinlari
12:33 / 03.11.2024
APLda sensatsiyalar kuni, Husanovda ilk qizil. Kun o‘yinlari
14:31 / 02.11.2024