O‘zbekiston | 17:47 / 05.06.2018
49125
1 daqiqa o‘qiladi

Davlat soliq qo‘mitasi raisiga o‘rinbosar tayinlandi

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 5 iyundagi tegishli qaroriga asosan Alimjan Elchiyevich Fayzibayev Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

A.Fayzibayev davlat soliq xizmati tizimida faoliyatini 1995 yilda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani davlat soliq inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i vazifasidan boshlagan. 

Keyinchalik turli rahbar lavozimlarida, xususan 2000-2013 yillarda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Shayxontohur va Bektemir tumanlari davlat soliq inspeksiyalari boshlig‘i lavozimida ishlagan.

U 2017 yil may oyidan buyon Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Botir Parpiyev nega ishdan olinganini aytgandi.

Mavzuga oid