Qirg‘izistonda Sapar Isoqov qo‘lga olindi
Qirg‘iziston sobiq bosh vaziri Sapar Isoqov korrupsiya bo‘yicha jinoiy ishni surishtiruvdan o‘tkazish doirasida qo‘lga olindi. Bu haqda respublika Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot markazi xabar bergan.
"Bishkekning Pervomaysk tuman sudi tomonidan sobiq bosh vazir Isoqovga ehtiyot chorasi o‘zgartirildi", - deyiladi xabarda. Isoqov sud qaroriga ko‘ra, MXDQ tergov izolyatorida tergov muddati oxiriga qadar qoladi.
"Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning 29 mayida tergov qilinayotgan hamda Bishkek shahri IES modernizatsiyasidagi korrupsiya holati bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoiy ish doirasida, sobiq bosh vazir Isoqovga respublika jinoyat kodeksining “Korrupsiya” moddasi bo‘yicha ayblov qo‘yildi va shaharni tark etmaslik haqida yozma bildirishnoma ko‘rinishida ehtiyot chorasi tanlandi", - deya ta'kidlab o‘tishgan MXDQdan.
Isoqov Qirg‘iziston hukumatini o‘tgan yilning avgustida, avvalgi prezident Almazbek Atamboyev hukmronligi vaqtida boshqardi. Parlament qaroriga ko‘ra, u yarim yildan so‘ng lavozimidan chetlatildi.
Mavzuga oid
17:21 / 06.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida 8 ta hujjat imzolandi
21:34 / 05.11.2024
Qirg‘izistonlik ayollar 10 nafargacha farzand ko‘rishga chaqirildi
19:40 / 05.11.2024
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi 3 ta chegara bojxona postlarida transport harakati vaqtincha to‘xtatiladi
18:09 / 05.11.2024